Über den Studiengang
Dizayn (to‘qimachilik va yengil sanoat dizayni)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi– fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sоhasidagi yo’nalish bo’lib, u o’z ichiga – Dizayner, konstuktor, muhandis-texnolog, san'atshunos, ta'lim jarayonida pedagog, tikuv-trikotaj mahsulotlarini tikuvchisi, interer dizayni, ayollar, erkaklar va bolalar liboslarini loyihalovchi, dasturiy ta'minotchi, servis hizmati faoliyati, yengil sanoat mahsulotlari sifatini nazorat qilish, liboslar kolleksiyasini yaratish, hamda tikuvchilik korxonalarida bosh dizayner yoki modelyer-konstruktor sifatida ishlash, gazlama, mato va to‘qima mahsulotlari uchun naqshlar, tekstura hamda ranglar palitrasini ishlab chiqish; kostyum dizaynini yaratish va badiiy loyihalash sohasida zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash; loyihalash jarayonini tahlil qilish va ishlab chiqarish; real ob’ektning loyihasini yaratish; ijodkor tomonidan kostyum dizaynini yaratishning estetik va psixologik jihatlarini o‘rganish va qayta ishlash, Ishlab chiqarish va texnika soxasidagi, trikotaj maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jixozlarini boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo’yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish, izlash, tayyorlash, tadqiq qilish, trikotaj maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni muqobillashtirish, zamonaviy yangi trikotaj assortimentini yaratish ishlab chiqarish bilan bоg’liq kоmpleks masalalar majmuasini qamrab оladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish:
Bosh dizayner / Modelyer-dizayner, konstruktor-modellashtiruvchi, gazlamalar bo‘yicha dizayner, texnolog-dizayner, aksessuarlar dizayneri, to‘qimachilikda SAPR texnologiyalari muhandisi, vizual merchandayzer, liboslar bo‘yicha rassom (Costume Designer), Fashion Stylist,;
loyiha-tahliliy: global va mahalliy trendlarni tahlil qilish, Kolleksiya strukturasini rejalashtirish, eskiz loyihalash, prototiplashtirish va virtual modellashtirish, raqobatchilarni tahlil qilish, bozor ehtiyojidan tortib, mahsulotning ishlab chiqarishga tayyor holatigacha bo‘lgan barcha analitik va loyihaviy jarayonlarni tizimlashtirish;
ilmiy-tadqiqot: Tadqiqot obyektini belgilash, namunaviy uslub bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va natijalariga ishlov berish, tikuv buyumlari homashyolari, texnologiyasi va konstruktsiyalarini xususiyatlarini programmalashtirish, konstruksiya va namuna tayyorlash, gazlamalar fizik-mexanik xossalarini standart asboblarda sinash, kiyimning tana bilan moslashuvchanligini va ergonomik harakatlanish imkoniyatlarini baholash, ekspremental tadqiqоtlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlоv berishda faоl qatnashish kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6150 soat
Malakaviy amaliyot: 600 soat
Davlat attestatsiyasi: 450 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
6 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi
Ähnliche Studiengänge
Staatliche Universität Kokand
Applied arts (art ceramics),
—
Staatliche Universität Bukhara
Applied arts: restoration of applied arts works
—
Universität „Neues Zeitalter“
Design (Gestaltung architektonischer Umgebungen)
20 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Design (suit) 1-course
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Design (Industriedesign)
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Universität Bukhara
Design (Innenarchitektur)
—