WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Staatliche Technische Universität Namangan

Ökologie und Umweltschutz (nach Branchen und Sektoren)

Bachelor Vollzeit 4 Jahre

Über den Studiengang

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Tavsif:
        Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘z ichiga ekologiyaning zamonaviy tamoyillari, atrof muhitni muhofaza qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari va ekologik boshqaruv tizimlarini o‘zlashtirishni qamrab oladi. Dastur davomida ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga ta’sirini aniqlash, baholash va monitoring qilish, atmosfera havosi, suv, tuproq hamda biologik resurslarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi. Shuningdek, ekologik monitoring, ekologik audit, atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB), ekologik risklarni boshqarish, ekologik me’yorlar va standartlarni ishlab chiqish hamda qo‘llash, ishlab chiqarish obyektlarida ekologik boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va atrof muhit ifloslanishining oldini olish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini o‘z ichiga oladi.

      Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

      ishlab chiqarish: ishlab chiqarish yo‘nalishida sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, transport, energetika, neft-gaz, kimyo, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jalik, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlardagi korxonalarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis, muhandis yoki mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritish; korxonalarda ekologik boshqaruv tizimini tashkil etish va takomillashtirish; atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, baholash va monitoringini amalga oshirish; ekologik me’yorlar, standartlar va qonunchilik talablariga muvofiq hujjatlarni ishlab chiqish hamda joriy etish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish, atmosfera havosi, suv va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy hamda texnik tadbirlarni amalga oshirish; ekologik nazorat, ekologik audit va ekologik monitoring ishlarini olib borish; xodimlar uchun ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari hamda yo‘riqnomalarni tashkil etish; ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik talablar va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya etilishini nazorat qilish hamda atrof muhit ifloslanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularga rahbarlik qilish;

       loyiha-tahliliy: Korxona va tashkilotlarda ekologik boshqaruv tizimlarini loyihalash hamda takomillashtirish; ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga ta’sirini tahlil qilish, ekologik xavf va risklarni aniqlash hamda baholash; atrof muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan texnik, texnologik va tashkiliy yechimlarni ishlab chiqish; ekologik me’yorlar va standartlar asosida loyiha hujjatlari, ekologik monitoring dasturlari, ekologik boshqaruv rejalari hamda chiqindilarni boshqarish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash; yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish obyektlari va uskunalarni joriy etishda ularning ekologik talablarga muvofiqligini tahlil qilish, ekologik ekspertiza hamda atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) jarayonlarida ishtirok etish;

       ilmiy-tadqiqot: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida namunaviy usullar asosida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish hamda amaliyotga joriy etish; atmosfera havosi, suv, tuproq, biologik resurslar va ekotizimlarning holatini monitoring qilish, baholash hamda ekologik ko‘rsatkichlarni tahlil etish; ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy usul, texnologiya va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish; ekologik monitoring, ekologik audit, atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) va ekologik risklarni boshqarish bo‘yicha axborot tizimlari, avtomatlashtirilgan nazorat hamda monitoring vositalaridan foydalanish va ularni takomillashtirish; ekologik ko‘rsatkichlarni o‘lchash vositalari va usullarini tanlash, laboratoriya hamda dala sharoitida eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish, ularning natijalariga ishlov berish va ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etish bilan shug‘ullanadi.

    Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
    240 kredit
to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

    Jami auditoriya soati: 3299 soat

    Malkaviy amaliyot: 480 soat

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

118

1-8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

16

2,4,6,8

Attestasiyalar

24

1-8

Bitiruv malakaviy ishi

4

8

Ta’tillar

41

1-8

Kredit ta’limi va fanlar tanlovi

1

1

Jami

204

 

 

Qo‘shimcha izoxlar:

  1. *Fakultativ (Sog‘lom turmush tarzi) mashg‘uloti "Jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning qiziqishiga qarab, sportning turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quv ishlari bo‘yicha tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha tashkil etiladi. Tashkil etilgan mashg‘ulotlar uchun kredit  ajratilmaydi.
  2. Yakuniy davlat attestasiyasi talabalarning xoxishlari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini himoya qilishadi yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasini topshiradilar.  Kredit ajratilmaydi.
  3. Yakuniy davlat attestasiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
  4. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  5. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Ähnliche Studiengänge