Über den Studiengang
70410102-IQTISODIYOT
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI
Umumiy tavsif:
70410102-Iqtisodiyot mutaxassisligi bo'yicha magistlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda magistratura dasturining mе’уоriу muddati 2 yil.
KASBIY FAOLIYATLARINING TAVSIFI
Kasbiy faoliyatining sohalari.
Barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyatlarining obyektlari.
Davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va soha korxonalarida iqtisodchi.
70410102 – Iqtisodiyot magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilar oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
- Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;
- real sektor korxonalarining rivojlanishi strategiyasini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi;
- davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, iqtisodiyot sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari;
- davlat va mahalliy boshqaruv organlari, iqtisodiyot va moliya organlarida boshqaruv jarayonlari;
- iqtisodiyotning tarmoqlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari, turli mulkchilik shaklidagi assotsiatsiyalar, kooperatsiyalar, konsernlar, firma, kompaniyalar, xolding, ishlab chiqarish birlashmalarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish jarayonlari;
- tarmoqlar va sohalar iqtisodiyoti sohasida ilmiy va amaliy tadqiqot, nazariy va amaliy tahlil, modellashtirishni amalga oshirish jarayonlari;
- ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni, mirko va makro iqtisodiy makonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarining tahlili jarayonlari.
- tarmoqlar va sohalar korxonalarida investitsion va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish;
- iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarning rivojlanish jarayonlari.
Kasbiy faoliyatlarining turlari:
Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:
- ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o'tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish;
- ilmiy maqolalar, ma'ruzalar, risola, o'quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o'tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo'yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografi yalarni tuzish;
- ilmiy adabiyotlar va internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va topish;
- ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish;
- mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;
- oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish;
- o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
- elektron (e-learning), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni mukammal o‘zlashtirish;
- pedagogika ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.
Moliyaviy-iqtisodiy hamda hisob, tahlil va nazorat faoliyatida:
- davlat, mahalliy hukumat xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatida foydalana olish;
- iqtisodiyot tarmoq va sohalarining miqdor va sifat mezonlari, iqtisodiy tizim va ob’ektlar chegaraviy hamda kritik holatining indikatorlarini aniqlash;
- barqaror iqtisodiy rivojlanish sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish;
- iqtisodiyot subyektlarining moliyaviy barqarorligini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish;
- O‘zbekistondagi hamda xorijdagi mikro va makro darajada sodir bo‘ladigan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda hodisalarni xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va qiyoslash, iqtisodiy rivojlanishga tahdid soluvchi xavf-xatarlarni aniqlash;
- budjet tizimi va budjet parametrlari, budjetdan tashqari turli jamg‘armalarning shakllanishi hamda bajarilishini nazorat qilish, davlat va mahalliy resurslardan samarali foydalanish choralarini ko‘rish;
- moliya operatsiyalari, moliya bozori faoliyati monitoringini olib borish, davlat va mahalliy tashkilotlar, korxonalarda ichki nazorat va audit tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini baholash, qonunbuzarliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida:
- ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
- fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish;
- iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- amaliy faoliyatda instrumental vositalarni va ishlab chiqarish muhitini takomillashtirish;
- tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalar tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- reja, hisob-kitob hujjatlarini yuritish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiy rivojlanish sohasida ratsionalizatorlik takliflar va ixtirolar bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni aniqlash;
- qabul qilinadigan qarorlarni iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik samaradorlik mezonlari asosida ularning xavf-xatar va oqibatlarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqishda hamda tanlab olishni asoslashda ishtirok etish;
- shartnomalarni tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash, tezkor va statistik hisobotni olib borishni tashkil etish, hisobotlarni tuzish tartiblarini aniqlash, ixtisoslashtirilgan tarmoq va sohalari bo‘yicha korxonalarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni rejalashtirish va amalga oshirish;
- loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitasion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
- ilmiy va amaliy faoliyatda raqamli iqtisodiyot texnologiyalari va ekotizim vositalarini rivojlantirish;
- iqtisodiyot tarmoq va sohalari korxonalarida yangi innovatsion loyihalar va texnologik jarayonlarni tatbiq qilinishini tashkil etish.
Konsalting xizmati faoliyatida:
- iqtisodiy faoliyat sohasida mavjud holatning tahliliy sharhini ishlab chiqish;
- iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislikka mos bo‘lgan mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida rais (ishtirokchi) sifatida qatnashish;
- mutaxassislikka mos mavzular bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
Axborot-tahliliy faoliyatida:
- axborotlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash;
- iqtisodiy o‘zgarishlar ularning ta’sirini sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish, oqibatlarini baholash;
- axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash;
- o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilish, ulardan ilmiy faoliyatda foydalana olish;
- iqtisodiy masalalar yuzasidan ijtimoiy fikrni shakllantirish hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o‘rganish borasida tahliliy ishlar olib borish;
- boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.
Mazkur mutaxassislikda Siz 4 semestr(2 yil) davomida jami:
Kredit miqdori: 120 kredit.
Jami auditoriya soati: 1800 soat.
Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti: 600 soat.
Ilmiу tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1200 soat.
HAMMASI: 3600 soat.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
45 |
1-3 |
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish |
|
Attestatsiyalar |
6 |
1-4 |
|
|
Davlat attestatsiyalari |
2 |
4 |
|
|
Ilmiу tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash |
15 |
1-4 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1,3 |
|
|
GPA ko‘rsatgichini hisoblash |
1 |
2, 4, 6 |
|
|
Ta’tillar |
30 |
1-4 |
|
|
Jami |
100 |
Qo‘shimcha izohlar:
- Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi
Ähnliche Studiengänge
Samarkand Institute of Economics and Service
Marketing
17 999 999 so'm
pro Jahr
Staatliche Universität Kokand
Wirtschaftswissenschaften
—
Sharof Rashidov Staatliche Universität Samarkand
Personal management
14 718 000 so'm
pro Jahr
Sharof Rashidov Staatliche Universität Samarkand
Personal management
14 718 000 so'm
pro Jahr
Dschizzach-Zweigstelle der Kasaner Föderalen Universität
Wirtschaftswissenschaften
25 420 000 so'm
pro Jahr
Taschkenter Staatliche Transportuniversität
Rechnungswesen (nach Branchen und Sektoren)
—