WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ajou-Universität in Taschkent

Koreys filologiyasi va menejment

Bachelor Vollzeit 4 Jahre

Über den Studiengang

Koreys filologiyasi va menejmenti kafedrasi koreys tilini mukammal oʼrganish va koreys madaniyatini chuqur oʼzlashtirish boʼyicha ilgʼor taʼlim dasturini taqdim qiladi. Xususan, koreys tili, tarjimonlik va menejment yoʼnalishlari boʼyicha keng qamrovli oʼquv jarayonlari tizimli ravishda olib boriladi. Аsosiy maqsadimiz koreys tili, tarjimonlik va menejment sohasini mukammal egallagan yetuk xodimlarni yetishtirishdan iboratdir.

Bugungi kunda, Koreya kompaniyalarining dunyo miqyosida faollashuvi hamda koreys tilining keng tarqalishi natijasida koreys tilini chuqur oʼzlashtirgan va oʼzi yashayotgan hududning tarixi va madaniyatini yaxshi biladigan kadrlarga talab ortib bormoqda. Koreys filologiyasi va menejmenti kafedrasi nazariy, amaliy va kasbiy koʼnikmalarini oʼz ichiga olgan, uygʼunlashgan oʼquv dasturi asosida koreys tili, tarjimonlik va menejment sohasini puxta egallagan yuqori salohiyatli kadrlar shakllantiradi.

Bakalavriat taʼlimini tamomlagandan soʼng, ushbu malakali kadrlar mahalliy va xalqaro kompaniyalarida oʼz faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega boʼladi. Shuningdek, ular koreys tili fani boʼyicha pedagog, tarjimon yoki ish yuritish sohasida mutaxassis boʼlib ishlashi mumkin.

Ähnliche Studiengänge