Über den Studiengang
Logistika (Avtomobil transporti)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sоhasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga – tashkiliy-huquqiy maqomidan qat’iy nazar barcha tashkilotlar (tijorat, notijorat, davlat va hududiy tashkilotlar), turli mulk shakllariga tegishli korxona va kompaniyalarning moddiy ishlab chiqarish, tovar aylanmasi va xizmat ko‘rsatish sohasi, biznesning turli sohalarida moddiy, moliyaviy, axborot va servis oqimlari hamda resurslarni boshqarish va optimallashtirishga qaratilgan faoliyat yo‘nalishlari, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligida tovar-moddiy resurslar harakatini tashkil etish va boshqarish, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, logistika tizimlari faoliyatini tashkil etish, tahlil qilish va takomillashtirish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Kasbiy vazifalari: 61010400 - Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
Respublika va xorijda chop etilgan logistika faoliyatiga, ta’minot zanjirlarini boshqarishga oid ilmiy-texnik axborotlarning ilmiy manbalarini o‘rganish; soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etish; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarni boshqarish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish; ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda logistikaning dolzarb yo’nalishlari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; ilmiy asoslangan logistika tizimlarini tavsiya etish va foydalanish; logistika xizmatlarida biznes jarayonlarni modellashtirish va raqamlashtirish bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; omborlar va zaxiralarni boshqarish, buyurtmalarni boshqarish, yuklarni tashish, ortish, tushirish, qadoqlash, xaridlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni optimallashirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; iqtisodiyot tarmoq va sohalarida logistika xizmati ko‘rsatishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
tashkilot, kompaniya, korxonalarning korporativ va raqobat strategiyasi, shuningdek funksional strategiyalari(marketing, logistika,. moliyaviy, kadrlar)ni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; tashkilot strategiyasiga muvofiq operatsion tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; logistika faoliyatini rejalashtirish; logistika xizmatining tashkiliy-funksional tuzilmasini shakllantirish; logistika faoliyatni amalga oshiradigan ijrochilar ishini tashkil etish; tashkilot logistika tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; korxonalarning logistika xizmatlarining tarkibiy bo‘linmalari: transport, ombor, axborot-tahliliy, tovar zaxiralarini boshqarish, buyurtmalar, xizmat ko'rsatish faoliyatini operativ rejalashtirish va boshqarish; logistika xizmati bo‘limi xodimlarining lavozim tavsiflarini ishlab chiqish va takomillashtirish; yuklarni tashish, ortish, tushirish, qadoqlash, omborlarda saqlash jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish; kasbga oid muammolarning yechimlarini amaliyotga tatbiq etish; bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish.
Axborot-tahliliy faoliyatida:
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun, xom ashyo va moddiy resurslarni yetkazib beruvchilar va tayyor mahsulot iste’molchilari hamda logistika zanjirining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish; tovar-moddiy resurslarning ichki va lashqi harakatining optimal sxemasini ishlab chiqish; zamonaviy axborot texnologiyalardan logistikani boshqarishda foydalanish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari monitoringi hamda sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish; qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va boshqarish uchun ma’lumot to’plash, tashkilotning ichki axborot tizimini yaratish va uning ishlashini boshqarish; tashkilotning ichki hujjat aylanishi tizimini ishlab chiqish va boshqarish, tashkilotlar faoliyatining turli ko’rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish; logistika loyihalari samaradorligini baholash; logistika faoliyatining axborot-tahliliy natijalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:
makro va mikro darajadagi logistika tizimlari va logistika zanjirlari, logistika bo‘g‘unlari, ularda harakatlanadigan moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarni loyihalash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish; loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish; amaliyotda axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy uslublarini, instrumental va hisoblash vositalarini bakalavriat ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash.
Tadbirkorlik faoliyatida:
logistika xizmatlarida yangi biznes jarayonlar loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish; logistika servis biznesini tashkil etish bo‘yicha biznes-rejalarni ishlab chiqish; logistika servis bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jami auditoriya soati: 6180 soat
Malakaviy amaliyot: 1020 soat
Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1–7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
19 |
2 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1–8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
8 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
43 |
1–8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko‘rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
Ähnliche Studiengänge
Staatliche Technische Universität Namangan
Logistik
13 000 000 so'm
pro Jahr
Karshi state technical university
Fahrzeugtechnik (Fahrzeugwartung)
9 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Barqaror transport
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Universität Gulistan
Vehicle engineering (by type)
9 000 000 so'm
pro Jahr
Termeser staatliche Universität
Logistik
9 372 500 so'm
pro Jahr
Staatliches Technisches Institut Andischan
Barqaror transport
7 400 000 so'm
pro Jahr