WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
23 MaiMaiMai 2026 11 Aufrufe

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Xitoyning TOP-100 universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida o‘tkazilayotgan "Uchinchi Xitoy-O‘zbekiston hududlararo hamkorlik" xalqaro forumi doirasidagi "Study in Uzbekistan" ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.

Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida o‘tkazilayotgan "Uchinchi Xitoy-O‘zbekiston hududlararo hamkorlik" xalqaro forumi doirasidagi "Study in Uzbekistan" ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida universitet delegatsiyasi Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Arxitektura va dizayn universitetida bo‘ldi. Uchrashuv davomida tomonlar talabalarni qabul qilish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Muloqot jarayonida talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish va istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ma’lumot uchun, ushbu universitet xalqaro QS World University Rankings reytingida TOP-100 likdan o‘rin olgan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Ushbu uchrashuv Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro aloqalarini mustahkamlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Weitere Nachrichten