WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
24 JuliJuliJuli 2026 33 Aufrufe

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida SATREPS Blue Project delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Yaponiyaning SATREPS (Science and Technology Research Partnership for Sustainable Development) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan SATREPS Blue Project delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Yaponiyaning SATREPS (Science and Technology Research Partnership for Sustainable Development) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan SATREPS Blue Project delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Geoinformatika metodidan foydalangan holda Orol dengizi havzasining janubiy qismi radiatsiyasi hamda suv-tuz balansining mintaqaviy modelining fazoviy xilma-xilligini landshaft-ekologik ta’minlash” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida erishilgan ilmiy natijalar muhokama qilindi. Shuningdek, ularni amaliyotga joriy etish, zamonaviy geoinformatsion texnologiyalarni loyihaga integratsiya qilish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik loyihalari hamda joriy etilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berdi. Delegatsiya a’zolari universitet laboratoriyalari hamda loyiha doirasida erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv yakunida SATREPS Blue Project doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ilmiy yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish va loyihaning navbatdagi bosqichini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Weitere Nachrichten