Ekologik barqarorlik yo‘lida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Xitoy Xalq Respublikasining Sinoway Forest kompaniyasi bilan hamkorlikda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyiha ustida ish olib bormoqda. Ushbu hamkorlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi cho‘l zonalarini ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan qator amaliy ishlar rejalashtirilgan.
Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Xitoy Xalq Respublikasining Sinoway Forest kompaniyasi bilan hamkorlikda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyiha ustida ish olib bormoqda. Ushbu hamkorlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi cho‘l zonalarini ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan qator amaliy ishlar rejalashtirilgan. Ushbu ishlarning davomi sifatida bugun, 10-mart kuni Sinoway Forest kompaniyasi direktori Lyu Tao Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori B.Jollibekov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ekologik loyihalarni samarali amalga oshirish va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Muloqot chog‘ida 2025-yilda boshlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi cho‘l zonalarini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan loyiha alohida muhokama qilindi. Xususan, loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichlari doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.