28 AprilAprilApril 2026
19 Aufrufe
Green University talabalari Oliy Majlisga tashrif buyurdi
2026-yil 24-aprel kuni, Green University talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga tashrif buyurib, Qonunchilik palatasi deputatlari bilan ochiq muloqotda ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida talabalar yoshlarga oid davlat siyosati islohotlari, qonun ijodkorligi jarayoni hamda Oliy Majlis faoliyati haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, ular muzey va kutubxona bilan ham tanishdilar.
Bunday tashriflar talabalar bilimlarini mustahkamlash va ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirokini rag‘batlantiradi.