WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
24 JuniJuniJuni 2026 5 Aufrufe

Kartoshkachilikda Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Institut delegatsiyasi “O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Janubiy Koreyada o‘quv-amaliy seminar va uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti vakillaridan iborat delegatsiya “O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida 22-iyun – 3-iyul kunlari Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib, o‘quv-amaliy seminar va uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Tashrifning dastlabki kunlarida delegatsiya loyiha hamkori hisoblangan Xalqaro bog‘dorchilik institutida bo‘lib, kartoshka urug‘chiligi, virussiz urug‘lik materiali yetishtirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.

Weitere Nachrichten