Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Ommaviy diktant" aksiyasi bo'lib o'tdi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Ommaviy diktant" aksiyasi ko‘tarinki ruhda va keng qamrovda o‘tkazildi. Aksiya milliy tilimizning nufuzini oshirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish va yoshlarning savodxonligini mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu tashabbus doirasida talaba, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar birgalikda diktant yozib, o‘zbek tilining imlo qoidalarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga murakkab, ammo qiziqarli matn taqdim etilib, ular o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rishdi. Ayniqsa, yoshlar orasida bu kabi aksiyalar til savodxonligini oshirish va o‘zbek tiliga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi.
"Ommaviy diktant" aksiyasi ona tilimizni asrab-avaylash, uni yangi avlodlarga to‘g‘ri va to‘liq yetkazish, shuningdek, milliy o‘zligimizni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunday tadbirlar muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati