NamMTI va Norin tumanidagi 1-sonli politexnikum hamkorligi: Ta’limda sifatni oshirishga yangicha yondashuv
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Norin tumanidagi 1-sonli politexnikum rahbariyatini qabul qilib, Prezidentning 158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va kasbiy ta’lim sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv davomida institut va kasb-hunar maktabi o‘rtasida ta’lim jarayonlarini rivojlantirish, zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallarni yaratish va kutubxona resurslaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Bu hamkorlik orqali kasb-hunar maktabi talabalari uchun texnik bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari yanada kengayadi. Yangi qo‘llab-quvvatlash dasturlari ta’lim sifatini oshirishga, yoshlarni raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati