Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariya hunarmandchilik palatasi faoliyatini oʻrgandi
Oʻzbekiston Respublikasi texnika oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Myunxen va Yuqori Bavariya Hunarmandchilik palatasining (Handwerkskammer für München und Oberbayern) Oʻquv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Myunxen va Yuqori Bavariya Hunarmandchilik palatasi (Handwerkskammer für München und Oberbayern) Germaniyadagi eng yirik hunarmandchilik palatalaridan biri hisoblanadi. Palata tarkibiga 80 mingdan ortiq hunarmandchilik va kichik biznes subyektlari aʼzo boʻlib, ularning faoliyatida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi.
Palata tomonidan har yili 30 mingdan ortiq oʻquvchi va mutaxassislar uchun kasbiy taʼlim hamda malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi. Oʻquv markazi avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish, yogʻochga ishlov berish, metallga ishlov berish, sanitariya va energiya texnologiyalari kabi 30 dan ortiq yoʻnalishlarda amaliy mashgʻulotlar olib borish imkoniyatiga ega.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176826