WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
10 JuniJuniJuni 2026 12 Aufrufe

O‘zbekiston delegatsiyasi Bavariyada dual ta’limning ilg‘or modelini o‘rganmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Myunxen shahrida joylashgan Bavariya iqtisodiyoti oliy maktabi (HDBW) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya a’zolarini universitet prezidenti, professor doktor Kerstin Fink qabul qildi. Uchrashuv davomida Germaniyaning amaliyotga yo‘naltirilgan oliy ta’lim tizimi, xususan, sanoat korxonalari bilan uzviy integratsiyalashgan dual ta’lim modeli, talabalarni kasbiy tayyorlash mexanizmlari hamda mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tajribasi muhokama qilindi.



HDBW davlat tomonidan tan olingan xususiy amaliy fanlar universiteti bo‘lib, Bavariya iqtisodiyoti ta’lim tashkiloti (bbw) tarkibiga kiradi. Universitetda biznes boshqaruvi, muhandislik, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va innovatsion menejment yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy mutaxassislar tayyorlanadi.

Weitere Nachrichten