WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
11 JuniJuniJuni 2026 10 Aufrufe

QDU rektori O‘zbekiston–Ispaniya OTMlari rektorlarining birinchi forumida ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumida ishtirok etmoqda. Ushbu forumda O‘zbekistondan 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Ayni kunlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumida ishtirok etmoqda. Ushbu forumda O‘zbekistondan 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda. Forum doirasida Berdiyar Jollibekov Ispaniyaning yetakchi universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish, ma’ruzalar, seminarlar va mahorat darslarini hamkorlikda o‘tkazish, ilg‘or xorijiy tajribalarni universitet faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan fikr almashilmoqda. Forum yakunlari bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumlari va kelishuvlarni imzolash, xalqaro tajribani o‘rganishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Weitere Nachrichten