WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
11 JuniJuniJuni 2026 5 Aufrufe

SPORT — SOG‘LOM HAYOT, YUKSAK NATIJALAR GAROVI!

Olmaliq davlat texnika institutida Sport kuni munosabati bilan talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari va qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir badantarbiya mashqlari bilan boshlandi. Ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarda faol qatnashdilar.

⌛ Shundan so‘ng arqon tortish, voleybol, shaxmat-shashka va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, unda institut jamoasi o‘zining sportga bo‘lgan qiziqishi, g‘alabaga intilishi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi. Musobaqalar davomida sog‘lom raqobat, ko‘tarinki kayfiyat va sportga xos do‘stona muhit hukm surdi.

🎮 Sog‘lom tanada — sog‘lom aql, sog‘lom jamoada esa buyuk maqsadlar sari ishonchli qadamlar mujassam!
Olmaliq davlat texnika institutida sport va sog‘lom turmush tarzi — hayotiy qadriyat, taraqqiyot va muvaffaqiyatning muhim omili sifatida doimo e’tibor markazida.

 

Weitere Nachrichten