WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
18 OktoberOktoberOktober 2024 9 Aufrufe

"Til – millat ko‘zgusi: Namangan muhandislik-texnologiya institutida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan "Til – millat ko‘zgusi" mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda shoirlar, yozuvchilar va ijodkor talabalar ishtirok etib, o‘zbek tilining go‘zalligi, betakrorligi va boy ma'naviy merosi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. So‘zga chiqqanlar ona tilimizni asrab-avaylash, uning jozibasini yangi avlodlarga yetkazish yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Kecha davomida o‘zbek tili millatimiz ma'naviy xazinasi ekanligi, uning har bir so‘zi, har bir iborasi xalqimizning qadriyatlari va tarixidan bir parcha ekani alohida ta'kidlandi. Tadbir ishtirokchilari o‘z ijod namunalari orqali tilimizning rang-barang va jozibador jihatlarini namoyish etdilar. Shoirlar va talabalar she'riyatda tilimizning boyligini va nozik qirralarini o‘rganish borasidagi kuzatuvlarini ulashdilar.

Tadbirni tashkil etishda O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Ra'noxon Isaqovaning faolligi alohida e'tirof etilib, institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Ushbu kecha, o‘zbek tiliga bo‘lgan ehtiromni yanada mustahkamlash va uni asrab-avaylash borasida yangi ruh bag‘ishladi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Weitere Nachrichten