WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
07 AprilAprilApril 2026 10 Aufrufe

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar izchil davom etmoqda

Ayni paytda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Q.Aybatov Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ular Sh.Esenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiyalar va injiniring universitetida bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvlar davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni mustahkamlash, akademik almashinuvni kengaytirish va xorijiy talabalarni jalb qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi. Ayniqsa, zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish orqali talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tashrif doirasida ushbu universitetning Ijrochi vitse-prezidenti E.Nurmaganbet Talant o‘g‘li, Tadqiqot va rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti A.Seydaliev va Talabalar va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti E.Maxanbet bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuvlar natijasida kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlar doirasida hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro maydonda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda. Bunday tashriflar universitetning xalqaro nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish va talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Weitere Nachrichten