🥇 XALQARO MAYDONDA OLTIN G‘ALABA!
🇺🇿 Olmaliq davlat texnika instituti yana bir bor chempionlar maskani ekanini namoyon etdi!
11-25 KM guruhi talabasi Saydullayeva Ziyoda Abdurashid qizi Taekwon-do ITF bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli “Pride Open” xalqaro chempionatida 8 davlat sportchilari orasida tengsiz deb topilib, faxrli 🥇 oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Bu — matonatning kuchi, irodaning tantanasi va Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday salohiyatga ega ekanining yorqin isboti!
☑️ Har bir jangda qat’iyat,
☑️ har bir harakatda mehnat,
☑️ har bir g‘alabada esa Vatanga muhabbat mujassam bo‘ldi!
⭐️ Bugun xalqaro arena markazida ODTI talabasi nomi jarangladi, O‘zbekiston bayrog‘i esa yuksaklarga ko‘tarildi!
👏 Chempion talabamizni ushbu tarixiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Bayrog‘imiz baland bo‘lsin!
🥇 ODTI yoshlari — g‘alaba sari