WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
26 MaiMaiMai 2026 13 Aufrufe

“Yangi O‘zbekiston”universiteti va Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilarining qo‘shma seminar treyningi tashkillashtirildi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida "HKUST GZ PIE Program in Tashkent Summer 2026" dasturi doirasidagi tashrifning ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Dastur 23–30-may kunlari davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, u universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korxonalariga tashriflar, taqdimotlar, jamoaviy loyiha ishlari va yakuniy taqdimot bosqichlarini o‘z ichiga oladi.

Mazkur tashabbus ishtirokchilarga innovatsiya, amaliy muammolar va mahsulot yaratish jarayonlariga global nigoh bilan qarash, turli sanoat va madaniy muhitlar tajribasini o‘rganish, shuningdek, jamoaviy g‘oya ishlab chiqish va amaliy yechimlar yaratish imkonini berishga qaratilgan. Dasturda professional aloqalarni kengaytirish, amaliy tajriba orttirish va yakunda loyiha taqdimotlari orqali natijalarni namoyish etish ham ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashrif “Yangi O‘zbekiston” universitetining xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, talabalarga amaliy va global tajriba muhitini yaratish hamda xalqaro dasturlarni mahalliy sanoat va ta’lim ekotizimi bilan bog‘lash borasidagi izchil yondashuvining yana bir ifodasi bo‘ldi.

Weitere Nachrichten