WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Universidad Técnica Estatal de Namangan

Inteligencia Artificial

Bachiller Jornada completa 4 años

Sobre el programa

60610500 - Sun'iу intellekt

Tavsif:
Ushbu ta'lim dasturi – fan va texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot hamda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi yo'nalish bo'lib, u o'z ichiga sun'iy intellekt, mashinali o'qitish (Machine Learning), chuqur o'qitish (Deep Learning), tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing), kompyuter ko'rishi (Computer Vision), katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish (Big Data Analytics), intellektual axborot tizimlari, ekspert tizimlari, robototexnika, tavsiyaviy tizimlar va aqlli boshqaruv texnologiyalarining nazariy hamda amaliy asoslarini o'zlashtirishni qamrab oladi.

Shuningdek, ta'lim dasturi sun'iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, o'qitish, sinovdan o'tkazish, joriy etish, ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish, ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish, sun'iy intellekt modellarining samaradorligi va ishonchliligini ta'minlash, raqamli xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda intellektual qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlovchi tizimlarni yaratish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

Ishlab chiqarish faoliyatida:

• namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash;

• sun’iy intellekt sohasida dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish;

• sun’iy intellekt sohasi qurilmalarida dasturiy ta’minot ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;

• ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligini ta’minlash;

• ilmiy va amaliy faoliyatda sohaga mos tizimni rivojlantirish va ulardan foydalanish;

• axborot-kommunikatsiya tizimlarining texnik vositalari, qurilmalari, uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlarini yig‘ish va ishga tushirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va bajarish;

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

• axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullaridan foydalanish, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilish;

• tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lish, yangi bilimlarni mustaqil egallash, o‘z ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilish;

• sun’iy intellekt sohasida dasturiy vositalarni ishlab chiqarishdagi mavjud dolzarb amaliy masalalarni yechish uchun yangi texnologiyalarni qo‘llashi;

• o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzusi bo‘yicha modellar, algoritmlar, metodlarni tadqiq qilishi va ishlab chiqishi;

• na’munaviy uslubiyotlar va boshqalar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazishi va ularning natijalariga ishlov berish;

• sohaga oid innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tashkil etish;

• ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;

• bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash;

• mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

• atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish;

• namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash;

• ma’lumotlar qayta ishlash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimizatsiyalash usullarini qo‘llash, mahsulotni sertifikatlashtirish;

• pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish va ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lish;

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:

• axborot kommunikatsiya texnologiyalari komplekslari, tizimlari va tarmoqlari hamda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, axborotni qayta ishlash mikroprotsessorli tizimlarining axborot va dasturiy ta’minotini loyihalash;

• bajarilayotgan tajriba va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqishi va tadqiq qilishi;

• namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqishi va ularni qo‘llash;

• loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish;

Axborot-tahliliy faoliyatida:

• loyihalar samaradorligini baholash - loyihani ma’lumotlarini tahlil qilish, loyiha samaradorligini baholay olishni shakllantirish;

• axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, axborot tahliliy ma’lumotlarni ajratib olish tarkibli va tizimli shakllantirish;

• boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash;

Muhandis-tadbirkorlik faoliyatida:

• sun’iy intellekt sohasida raqamli texnologiyalarga asoslangan start-up loyihalarini shakllantirish, biznesni boshlash va boshqarish;

• muhandislik mahsulotlarining bozor imkoniyatlarini tahlil qilish;

• innovatsion mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqish kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug’ullanadi.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 3150 soat

Malkaviy amaliyot: 900 soat

Mustaqil ta’lim: 3150 soatni tashkil etadi

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

15

            8

Attestatsiya

21

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

7

8

Ta’tillar

49

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

4

1,3,5,7

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

Programas similares