WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Universidad Técnica Estatal de Namangan

Estudios literarios

Bachiller Jornada completa 4 años

Sobre el programa

60720600 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Tavsif:
Ushbu ta'lim dasturi fan va texnika, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalaridagi zamonaviy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, neft, gaz kondensati va uglevodorod xomashyolarini chuqur qayta ishlash texnologiyalari, neftni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari, gazni tayyorlash va qayta ishlash, neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini nazorat qilish, sanoat va ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq kompleks masalalarni qamrab oladi.

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

 ishlab chiqarish: neftni qayta ishlash zavodlari, gazni qayta ishlash majmualari, gaz-kimyo va neft-kimyo korxonalari, yoqilg‘i-moylash materiallari ishlab chiqarish korxonalari, polimer va organik sintez mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnolog, operator, sex ustasi, katta usta, ishlab chiqarish muhandisi va texnologik jarayonlar muhandisi sifatida faoliyat yuritish; texnologik qurilmalarni ekspluatatsiya qilish, texnologik rejimlarni nazorat qilish, mahsulot sifatini ta'minlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.

loyiha-tahliliy: neft va neft-gazni qayta ishlash korxonalarini loyihalash, texnologik sxemalarni ishlab chiqish va takomillashtirish, texnologik uskunalarni tanlash, modernizatsiya qilish, energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, texnik-iqtisodiy tahlillarni amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish.

ilmiy-tadqiqot: neft va gazni qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, katalitik, termik va gidrogenizatsiya jarayonlarini o‘rganish, yangi katalizatorlar va texnologiyalarni yaratish, laboratoriya va sanoat sinovlarini tashkil etish, neft mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlarini zamonaviy tahlil usullari yordamida aniqlash, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish, texnologik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 6150 soat

Malkaviy amaliyot: 900 soat

Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

15

6

Attestatsiya

21

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1,3,5,7

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

204

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

Programas similares