WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Universidad Técnica Estatal de Namangan

Tecnología de productos textiles (tejido)

Maestría Jornada completa 2 años

Sobre el programa

To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi magistratura mutaxassisligi

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim sohasidagi magistratura mutaxassisligi bo‘lib, u o‘z ichiga to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini takomillashtirish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish, yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va boshqarish, mahsulot sifatini nazorat qilish, zamonaviy texnologik jihozlarni tanlash, montaj qilish, sozlash va ishlatish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq kompleks masalalarni qamrab oladi. Mutaxassislik doirasida to‘qimachilik sanoati bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar shakllantiriladi. Magistrantlar zamonaviy to‘qimachilik korxonalaridagi texnologik jarayonlarni ilmiy asosda tahlil qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha tayyorlanadi.

 

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining:

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish: to‘qimachilik sanoati korxonalarida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tashkil etish va boshqarish; texnologik jihozlardan samarali foydalanish; ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish; texnologik parametrlarni tanlash va maqbullashtirish; mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; yangi assortimentdagi to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish; ishlab chiqarishda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi.

Loyihaviy-konstruktorlik: to‘qimachilik sanoati korxonalarini loyihalash; ishlab chiqarish korxonalarida loyihalash-texnologik ishlarni o‘rganish, tahlil qilish va tashkil etish; to‘qimachilik korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil qilish bo‘yicha loyihaviy-konstruktorlik va loyihalash-texnologik ishlarni bajarish; mavjud texnologik tizimlarni takomillashtirish va zamonaviy texnologik yechimlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Ilmiy-tadqiqot: ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va olib borish; tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish; ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risolalar va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash; ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish; to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini matematik va nazariy jihatdan tadqiq qilish; ilmiy muammolar yechimlarini ishlab chiqish va modellashtirish bilan shug‘ullanadi.

Tashkiliy-boshqaruv: zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib ishlab chiqarish jarayonlari monitoringini tashkil etish va sifatini baholash metodlarini ishlab chiqish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish; bajarilayotgan ishlarning rejasini tuzish, nazorat qilish va natijalarini baholash; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqligini monitoring qilish; kasbiy etika qoidalariga rioya qilish bilan shug‘ullanadi.

Pedagogik faoliyat: oliy va professional ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish; o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish; talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilish bilan shug‘ullanadi. Malaka talabida pedagogik faoliyat magistr bitiruvchisining alohida kasbiy faoliyat turi sifatida belgilangan.

Axborot-tahliliy: to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilish va ulardan professional faoliyatda foydalanish; ishlab chiqarish faoliyatini loyihalash sohasidagi mavjud ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish; ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilish va baholash bilan shug‘ullanadi.

Mazkur magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlari, davlat boshqaruvi organlarining tegishli bo‘linmalari, to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, mahsulot ishlab chiqarishni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muassasalar hamda to‘qimachilik sohasidagi boshqa ishlab chiqarish tashkilotlarida faoliyat olib borishlari mumkin.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami:
120 kredit
to‘plashingiz zarur bo’ladi.

Jami ta’lim hajmi: 3600 soat

Auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy faoliyat: 1800 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

56

1 – 3

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

4

4

Attestatsiya

9

1-3

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

4

Ta’tillar

24

1 – 4

Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

2

1,3

GPA ko’rsatgichini hisoblash

1

2

 

Jami

100

   

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlari, davlat boshqaruvi organlarining tegishli bo‘linmalari, to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, mahsulot ishlab chiqarishni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muassasalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

Programas similares