WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
10 juliojuliojulio 2026 9 visitas

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va TANG Chinese Education & Technology Ltd kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida rektor TANG Chinese Education & Technology Ltd kompaniyasida bo‘lib, u yerda kompaniya asoschisi va prezidenti janob Li Jinsong bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida xitoy tilini o‘qitishni rivojlantirish, qo‘shma ikki diplomli ta’lim dasturlarini tashkil etish, kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha trening va sertifikatlash tizimini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar hamkorlikning asosiy maqsadi xitoy tilini mukammal egallagan, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekanini alohida ta’kidladilar. Uchrashuv yakunida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Más noticias