WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
17 eneroeneroenero 2026 8 visitas

"Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro akkreditatsiya jarayoni"

Joriy yilning 17-yanvar sanasidan boshlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bir qator ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini xalqaro mezonlar asosida baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida Germaniyaning "ACQUIN xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta’minlash agentligi" vakillari o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Joriy yilning 17-yanvar sanasidan boshlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bir qator ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini xalqaro mezonlar asosida baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida Germaniyaning "ACQUIN xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta’minlash agentligi" vakillari o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Bu jarayonda agentlikning tajribali ekspertlari - Sharlotta Proges, Martin Borg, Maykl Mayer va Dana Alina universitetda o‘quv jarayonlari, ta’lim sifati, o‘quv rejalari, professor-o‘qituvchilar salohiyati, moddiy-texnik baza, ichki sifatni ta’minlash tizimi hamda ta’lim jarayonining xalqaro standartlarga muvofiqligini o‘rganish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Bugun ushbu akkreditatsiya jarayoni doirasida ACQUIN vakillari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, samimiy va konstruktiv suhbat o‘tkazdi. Uchrashuv davomida universitetda olib borilayotgan ta’lim islohotlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar, shuningdek, xalqaro akkreditatsiyaning ahamiyati va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Rektor B.Jollibekov mehmonlarga universitetda ta’lim jarayonini zamon talablariga moslashtirish, o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, talabalar uchun raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ACQUIN kabi nufuzli xalqaro akkreditatsiya agentligi bilan hamkorlik universitet uchun muhim bosqich ekani ta’kidlandi.\

Más noticias