WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
28 abrilabrilabril 2026 36 visitas

Green University startapi RES 2026 Astana tanlovida g‘olib bo‘ldi

Green University ORGANIC LIVING startapi Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan RES 2026 + Expo doirasidagi Central Asia Eco Startup Competition tanlovida g‘olib deb topildi.

Tanlovda Markaziy Osiyo bo‘ylab 25 ta startap ishtirok etib, dolzarb ekologik muammolarga yechim taklif qiluvchi innovatsion loyihalarni taqdim etdi.

Loyiha Green University  Innovatsion ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Odina Pulatova tomonidan boshqariladi.

ORGANIC LIVING plastik iste’molini kamaytirishga va barqaror turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan qayta to‘ldiriladigan va kam chiqindili yechimlarni ishlab chiqmoqda.

Ushbu yutuq O‘zbekiston yosh innovatorlarining yashil innovatsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi o‘sib borayotgan hissasini yana bir bor tasdiqlaydi 🌿

Más noticias