WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
27 juniojuniojunio 2026 7 visitas

🇨🇳 HPU SUMMER SCHOOL – ILM, MADANIYAT VA XALQARO DO‘STLIK BILAN BOY YANA BIR KUN

Henan Polytechnic University (HPU) Summer School – 2026 dasturi doirasida Olmaliq davlat texnika instituti iqtidorli talabalari ilmiy, madaniy va sport yo‘nalishlaridagi tadbirlarda faol ishtirok etishda davom etmoqda.

🌍 Dastur davomida talabalar Yerni o‘rganish mavzusidagi ma’ruzada ishtirok etib, sayyoramizning geologik tuzilishi, tabiiy jarayonlari hamda zamonaviy tadqiqot usullari haqida bilimlarini yanada boyitdilar.

🦴 Shuningdek, ishtirokchilar Yer muzeyiga tashrif buyurib, qadimiy hayvonlar qoldiqlari, turli minerallar, kristallar hamda metall qotishmalarining shakllanish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

🏺 Talabalar Dangyangyu sopol va chinni buyumlari ishlab chiqarish markaziga tashrif buyurib, ming yillik tarixga ega kulolchilik an’analari bilan tanishdilar. Ular mahorat darsida ishtirok etib, qadimiy usullar asosida sopol buyumlar tayyorlash jarayonini amaliy tarzda sinab ko‘rdilar.

⚽️ Kun yakunida ODTI talabalari Afrika davlatlaridan kelgan talabalar jamoasi bilan do‘stona futbol uchrashuvi o‘tkazdilar. Musobaqa samimiy muhitda o‘tib, ishtirokchilar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va madaniy almashinuvni yanada mustahkamladi.

🌍 Xalqaro ta’lim dasturlari har bir iqtidorli talaba uchun dunyoni kashf etish, yangi tajribalar orttirish va xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatini yaratadi.

Más noticias