WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
18 octubreoctubreoctubre 2024 5 visitas

"Namangan yetakchilari forumi" doirasida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarini koordinatorlari uchun o'quv-seminar tashkil etildi.

"Namangan yetakchilari forumi"ni institutning birinchi prorektori Ma'rufjon Qayumov va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi Bilolxon Umarov tantanali ravishda ochib berdilar. Ular o'z nutqlarida yoshlar yetakchiligi va ularning jamiyatdagi o'rnini ta'kidlab, kelajakdagi rejalar va tashabbuslar haqida so'z yuritdilar.

Shundan so'ng, viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining boshlang'ich tashkilot yetakchilari koordinatorlar uchun maxsus o'quv seminarlar o'tib berdilar. Seminarlar davomida turli mavzularda samarali faoliyat olib borish, yetakchilik mahoratini oshirish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. Ishtirokchilar o'z tajribalarini boyitib, kelgusida yanada samarali ishlash yo'llari bilan tanishdilar.

Ushbu o'quv seminarlar yoshlar yetakchilari uchun foydali bo'lib, ularga yangi bilimlar berish bilan birga, faoliyatlarini rivojlantirishda muhim bosqich bo'ldi. Forum davomida yoshlar yetakchiligi bo'yicha tajriba almashish va kelajak rejalarini belgilash uchun muhim imkoniyat yaratildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias