NamMTI vakillari “IFODA Agro Kimyo Himoya” laboratoriyasida: Ilg‘or tajribalar ta’lim jarayoniga integratsiya qilinadi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati, rektor Odiljon Mamatkarimov boshchiligida, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Oybek Ergashev, Kimyo-texnologiya fakulteti dekani va kafedra mudirlari "IFODA Agro Kimyo Himoya" MCHJ laboratoriyasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari va zamonaviy texnologik uskunalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu tashrif davomida ta’lim jarayoniga amaliy tajribalarni tatbiq etish va NamMTI muhandislik-maktabini rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar muhokama qilindi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyadan talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda foydalanish rejalashtirilmoqda. Ayniqsa, laboratoriyada foydalanilayotgan ilg‘or texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga kiritish orqali nafaqat amaliyot o‘tkazish, balki innovatsion tadqiqotlarni ham kengaytirish maqsad qilingan.
NamMTI va "IFODA Agro Kimyo Himoya" o‘rtasidagi ushbu hamkorlik, o‘z ichiga ilm-fan, ta’lim va sanoat integratsiyasini olgan, davlat siyosati darajasida ahamiyatli hisoblanadi. Muhandislik-maktabi loyihasi orqali talabalar real ishlab chiqarish muhitida tajriba o‘tkazish va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Bu esa mamlakatda yetuk muhandislar tayyorlash va ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati