WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
26 abrilabrilabril 2026 6 visitas

Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Xitoyda malaka oshirmoqda

Ayni paytlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ular Chunsin ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish dasturi asosida o‘z bilim va tajribalarini yanada mustahkamlab bormoqda.

Ayni paytlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ular Chunsin ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish dasturi asosida o‘z bilim va tajribalarini yanada mustahkamlab bormoqda. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Chunsin universiteti laboratoriyalari faoliyati, ta’lim jarayonlari va universitet hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Professor-o‘qituvchilar zamonaviy ilmiy ishlanmalar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish bilan birga malaka oshirish kurslarida ham faol ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu dastur joriy yilning 13-aprel sanasidan 13-may sanasigacha davom etadi. Ushbu xalqaro tajriba almashinuvi universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Más noticias