WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
21 octubreoctubreoctubre 2024 6 visitas

Sanoat va akademik hamkorlik: NamMTI vakillari OKMK tarkibidagi 3-misni boyitish fabrikasidagi innovatsiyalar bilan tanishdilar.

Namangan muhandislik texnologiyalari instituti mas'ullari rektor Odiljon Mamatkarimov boshchiligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi 3-misni boyitish fabrikasining innovatsion texnologiyalarini ko‘zdan kechirdilar. Bu safar ta’lim va sanoat integratsiyasi doirasida ilmiy-amaliy hamkorlikka katta e'tibor qaratildi.

3-misni boyitish fabrikasi — eng zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlariga ega bo‘lib, u yerda yuqori samaradorlikka erishish va resurslarni optimallashtirish jarayonlari amalga oshiriladi. Fabrikaning ishlab chiqarish jarayonlari nafaqat texnologik yangilanishlarga asoslangan, balki xalqaro standartlarga javob beruvchi ishlab chiqarish siklini ta’minlaydi.

Ushbu tashrif davomida, institut mas'ullari va sanoat vakillari o‘rtasida ilmiy tadqiqotlarni sanoatga tatbiq etish, kelajakda kadrlar tayyorlash bo‘yicha innovatsion g‘oyalar muhokama qilindi. Tashrifning asosiy maqsadi — ilm-fan va ishlab chiqarishning sinergiyasini yanada kuchaytirish va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonlariga joriy qilishdir.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias