WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
05 noviembrenoviembrenoviembre 2024 11 visitas

“Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va zamonaviy loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiyotning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni institut rektori Odiljon Mamatkarimov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Anjumanda iqtisodiyot sohasidagi yetakchi mutaxassislar, tadbirkorlik va zamonaviy iqtisodiy loyihalar bilan shug‘ullanayotgan olimlar, shuningdek, xalqaro va mahalliy hamkorlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida iqtisodiyotning zamonaviy muammolarini hal qilish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan almashildi. 

Mazkur anjuman, NamMTIning ilmiy salohiyatini oshirish bilan birga, uning xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu kabi ilmiy uchrashuvlar nafaqat talabalar va yosh olimlarning bilim doirasini kengaytiradi, balki institutimizni jahon ilmiy maydonida tanitishda muhim rol o‘ynaydi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias