WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
05 noviembrenoviembrenoviembre 2024 4 visitas

“Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik va strategik sheriklik” Deklaratsiyasiga bag‘ishlangan jamoviy monografiya taqdimoti o'tkazildi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida ikki do‘st va qardosh xalq – Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik va strategik sheriklikning yorqin namunasiga aylangan “МЕЖРЕГИОНАЛЬНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО: ПЕРСПЕКТИВЫ И ФАКТОРЫ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИК ТАДЖИКИСТАНА И УЗБЕКИСТАНА” nomli jamoaviy monografiyaning taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda institut rektori Odiljon Mamatkarimov so‘zga chiqib, monografiya mualliflarini ushbu buyuk asar taqdimoti bilan qutladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nashr ikki davlat ilmiy salohiyatini birlashtirib, mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Bu ilmiy asar nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalarni yanada mustahkamlab, do‘stlik rishtalarini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Taqdimotda loyiha rahbari, Tojikiston Texnologiya universiteti professori va akademik Abdushukur Nazarov ham ishtirok etdi. U monografiyaga mualliflik qilgan ustozlarga chuqur minnatdorchilik bildirib, ushbu asar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni ilm-fan orqali yanada boyitishga xizmat qilishini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu monografiya O‘zbekiston va Tojikistonning iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga intilishidagi umumiy maqsadlarini aks ettirgan nodir ilmiy mehnatdir.

Monografiya ikki davlatning tarixiy ildizlari va zamonaviy taraqqiyoti o‘rtasidagi uyg‘unlikni ko‘rsatib, kelgusidagi hamkorlikka ilhom baxsh etuvchi manba sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias