WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
17 febrerofebrerofebrero 2026 20 visitas

🇺🇿🇦🇿 UrDPI vakili Boku Slavyan universitetida dars beradi

Jammatova Maqsuda 2025/2026-o‘quv yilida Ozarbayjon Respublikasining Boku Slavyan universitetida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy tadqiqotlari mutaxassisligi bo‘yicha 1-kurs talabalariga “O‘zbek tili” fanidan dars mashg‘ulotlarini olib boradi

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.v.b. Jammatova Maqsuda 2025/2026-o‘quv yilida Ozarbayjon Respublikasining Boku Slavyan universitetida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy tadqiqotlari mutaxassisligi bo‘yicha 1-kurs talabalariga “O‘zbek tili” fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borish maqsadida xizmat safariga yuborildi.

Xizmat safari doirasida universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Ayten Bayramova, Turkologiya kafedrasi mudiri Gulnara Aliyeva hamda boshqa tegishli mas'ullar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida o‘zaro ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda kelgusida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Más noticias