24 juniojuniojunio 2026
5 visitas
Xalqaro hamkorlik.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Turkiyada malaka oshirmoqda. Ayni kunlarda Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Akdeniz Universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik doirasida Antalya shahrida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, ilmiy aloqalarni kengaytirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.