WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
25 febrerofebrerofebrero 2026 7 visitas

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida Yaponiya bilan yangi istiqbollar

Bugun, 25-fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Yaponiya oliy ta’lim va xalqaro hamkorlik sohalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 25-fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Yaponiya oliy ta’lim va xalqaro hamkorlik sohalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yamagata universiteti Ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazi hamda ishbilarmonlik aloqalari bo‘yicha maslahatchisi Sato Tomihiko, shuningdek, OISCA International College, Ltd direktori Satoshi Togashilar ishtirok etdi. Mehmonlar universitet rektori Berdiyor Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha samimiy fikr almashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama akademik aloqalarni rivojlantirish va xalqaro tajriba almashishni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat davomida kelgusida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan IT yo‘nalishlariga talabalarni keng jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, yapon ta’lim tajribasi asosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va yoshlarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Más noticias