WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
08 juniojuniojunio 2026 11 visitas

Xiamen universiteti professori Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 8-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xiamen universiteti professori Toni Agustiono Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, akademik A.Reymov va universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov ishtirok etdi.

Joriy yilning 8-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xiamen universiteti professori Toni Agustiono Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, akademik A.Reymov va universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov ishtirok etdi. Tashrif davomida professor Toni Agustiono Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti Timur Ospanovni o‘zining ilmiy shogirdi sifatida qabul qilgani va ular ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlik qilishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu esa universitetning xalqaro ilmiy aloqalarini kengaytirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim qadamdir. Suhbat chog‘ida istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilinib, Scopus bazasida indekslanadigan ilmiy maqolalar sonini ko‘paytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda xalqaro grantlar va ilmiy dasturlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro miqyosda e’tirof etiladigan ilmiy natijalarga erishish yo‘lida birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Más noticias