WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
14 mayomayomayo 2026 7 visitas

Xorijiy investorlar va ekspertlar bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Aral Digital Capital" va "ALC Attorneys" kompaniyalari vakillaridan iborat xorijiy investorlar va ekspertlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Aral Digital Capital" va "ALC Attorneys" kompaniyalari vakillaridan iborat xorijiy investorlar va ekspertlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Aral Digital Capital" xalqaro investitsiya kompaniyasi ekspertlari Andrey Nagin, Yuliya Salyuleva, Marina Petrenko va "ALC Attorneys" xalqaro yuridik kompaniyasi hamkori Dana Janadil ishtirok etdi.
Mehmonlar universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida zamonaviy mayning infratuzilmasini shakllantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amalga oshiriladigan loyihalar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratish, yosh mutaxassislarni zamonaviy moliyaviy yo‘nalishlar va komplayens tizimi bo‘yicha tayyorlash, ularning malakasini oshirish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Uchrashuv davomida universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik tajribasi va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishidagi tashabbuslari ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Más noticias