WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
25 abrilabrilabril 2024 14 visitas

Yesterday, a delegation led by the Governor of the Perm Region of the Russian Federation, Dmitry Makhonin, visited the Tashkent Pharmaceutical Institute.

Rossiya Federatsiyasi Perm o’lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Perm davlat farmatsevtika akademiyasi rektori V.G.Lujanin, Bosh vazir o'rinbosari - Perm o'lkasi sanoat, tadbirkorlik va savdo vaziri A.B.Chibisov, Perm o'lkasi infratuzilma masalalari hukumati raisining o'rinbosari A.V.Alyakrinskiy, Rossiya Federatsiyasining Ta’lim vaziri S.S.Kravtsov, Perm o’lkasi Ta’lim va fan vaziri R.A.Kassina, Perm davlat gumanitar-pedagogik universiteti rektori K.B.Yegorov hamda Perm o'lkasi Sanoat va savdo vazirining birinchi o'rinbosari Ye.V.Degtyarevalar Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdilar.

Tashrif mobaynida delegatsiya vakillari institutda hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishib, institut kompleksidagi yiliga 10 tonna dorivor oʻsimliklarni qayta ishlab, 3,0-3,5 tonna quruq ekstrakt oladigan va ular asosida 10 mln tabletka, 1,5-2,0 mln kapsula, 2,0-2,5 ming quti qadoq dori formalari ishlab chiqarish imkonini beradigan “Toshkent farmatsevtika instituti oʻquv ishlab chiqarish markazi” va “Koordinatsion birikmalar, biologik faol moddalar va farmako-toksikologik tadqiqotlar” ilmiy-tadqiqotlar laboratoriyasi hamda dorixona simulyatsion moduli bilan tanishdilar.

Uchrashuv so’ngida Perm o’lkasi gubernatori Toshkent farmatsevtika institutiga o’zining iliq taassurotlarini bildirib, institutdagi o'quv-ilmiy innovatsion infratuzilma, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya har ikki oliy ta’lim muassasasi o'rtasida navbatdagi o'quv-ilmiy hamkorlik uchun muhim baza bo'lishi haqida o'zining iliq fikrlarini bildirib qoldi.

Uchrashuv davomida Perm davlat farmatsevtika akademiyasi hamda Toshkent farmatsevtika instituti o’rtasida farmatsevtika sohasi rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Más noticias