WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
17 marzomarzomarzo 2026 7 visitas

Yuridik ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yuridik ta’lim sifatini oshirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yuridik ta’lim sifatini oshirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shu asosda bugun universitetga Qozog‘iston Respublikasining "ALC Attorneys" yuridik konsalting tashkiloti raisi Farid Aliyev va uning sherigi Dana Janadil tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalari sektori boshlig‘i Q.Seytnazarov, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston hududiy sektori boshlig‘i T.Baekeev ham ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha samimiy va mazmunli suhbatlashdi. Uchrashuv davomida zamonaviy yuridik ta’limni rivojlantirish, talabalarni xalqaro tajribaga jalb etish, shuningdek, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, tomonlar yuridik fakulteti talabalari va magistrantlari uchun xalqaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xorijlik tajribali yuristlarni universitetga jalb etib, ular tomonidan ma’ruza va seminarlar tashkil etish bo‘yicha fikr almashdi. Bu tashabbuslar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, ularni global huquqiy muhitga moslashuvchan va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, uchrashuvda universitet va "ALC Attorneys" tashkiloti o‘rtasida dual ta’lim tizimini joriy etish masalasi muhokama qilinib, bu borada o‘zaro memorandum tuzishga kelishib olindi. Ushbu tizim orqali talabalar o‘quv jarayonida amaliyot bilan bevosita shug‘ullanish, real huquqiy muammolar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Más noticias