WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Université Technique d'État de Namangan

Management

Maîtrise À temps plein 2 ans

À propos de la formation

70410801Menejment

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi 70410801 – Menejment – ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, u o‘z ichiga tarmoqlar va sohalar korxonalari, tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash, yechilayotgan ilmiy muammolarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishning faoliyat ko‘lamini qamrab oladi.

ishlab chiqarish: 70411801–Menejment magistrlar kasbiy faoliyatining obyektlari: ilmiy, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat; Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlari; turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari; iqtisodiyot tarmoqlari uchun fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari; iqtisodiyotning tarmoqlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari, korporatsiyalar, konsernlar, xoldinglar, ishlab chiqarish birlashmalarini rivojlantirish, korxona va kompaniyalar iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va boshqarish; korxonada innovatsion loyihalarni rejalashtirish va boshqarish; kompaniya va korxonalar tashkiliy tuzilishining optimal variantlarini tanlash; kompaniya va korxonalar boshqaruv tizimini loyihalashtirish; boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash; korxona va tashkilotlarda mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish; boshqaruvda tizimli yondashuv tamoyillarini tatbiq etish; ijtimoiy ta’minot tizimini tashkil qilish va boshqarish faoliyati; fan va ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish; aholini bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish; ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish; inson resurslarini boshqarish tizimi; ijtimoiy soha korxonalarining ijtimoiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari; korxonalar tashkiliy-boshqaruv faoliyatida qabul qilinadigan qarorlarni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida ishlab chiqishda hamda qarorlarning muqobil variantlarini tanlab olishni asoslashda ishtirok etish; aniq iqtisodiy loyihani bajarish uchun tashkil etilgan jamoa va guruhlarni tezkor ravishda boshqarish; ishlab chiqarish tarmoqlari va industrial tarmoq korxonalariga investitsiyalarni jalb etish loyihalarini ishlab chiqish va ularni boshqarish; korxonalarning rivojlanish strategiyasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi; korxonalarda mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish; ishlab chiqarish va noishlab chiqarish korxonalari faoliyatini strategik rivojlantirishda zamonaviy iqtisodiy bilimlarni qo‘llash orqali boshqarish; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarning rivojlanish jarayonlari; dasturiy ta’minot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan korxonani boshqarishda foydalanish; tashkilotlarning umumiy ta’riflari va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash; tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish; tashkilot faoliyati samaradorligini uning inson resurslari samaradorligini oshirish yo‘li bilan yuksaltirish; tashkilotlar iqtisodiy holatini tahlil qilish, firmalar va kompaniyalar faoliyati hamda ularning personaliga ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash; mehnatni boshqarishning innovatsion tamoyillari asosida qayta qurish.

loyiha-tahliliy: Bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqishi va tadqiq qilishi; tarmoqlar va sohalarda namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqishi; ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish malakalariga ega bo‘lishi; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari korxonalariga yangi innovatsion loyihalar va texnologik jarayonlarni tatbiq qilinishini tashkil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

ilmiy-tadqiqot: Ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish; ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish; ilmiy adabiyotlar va internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va topish; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish; mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, echilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish; o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish; elektron (e-learning), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni mukammal o‘zlashtirish; pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.

 

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 720 soat

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti: 600 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi: 1200 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

30

1 – 3

Magistrlik dissertatsiya ishini tayyorlash va himoya qilish

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti

10

1-4

Attestatsiya

9

1 – 4

Ta’tillar

15

1 – 4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,3

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi

24

1-4

 

Jami

100

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

Formations similaires