Université Technique d'État de Namangan
Technologies métalliques (technologies de fonderie)
À propos de la formation
Metallar texnologiyasi (Quymakorlik taxnologiyalari)
Tavsif:
Ushbu ta‘lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga – zamonaviy metallarni suyuqlantirish, quyish va quymakorlik texnologiyalari, quymakorlik ishlab chiqarishida ishlatiladigan metall va metall bo‘lmagan materiallarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini o‘rganish asoslari, quyish jarayonlari, qoliplash materiallari va texnologiyalari, quymalarni tayyorlash, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, servis xizmatining raqobatbardoshligini ta’minlash, quymakorlik ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirish va takomillashtirish, ularni loyihalash, texnologik jarayonlarda xizmat ko‘rsatish usullari va vositalari, ishlab chiqarish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining:
ishlab chiqarish: quyma tayyorlovchi korxonalarda (quymakorlik, metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining quymakorlik sexlarida) sex boshlig‘i, konstruktor, usta bo‘lib ishlash, quymakorlik texnologik loyihalarini qo‘llash va turli buyumlar uchun quymalar ishlab chiqarish; quymalarni ishlab chiqarish jarayonida tashkiliy va texnik ishlarga rahbarlik qilish;
loyiha-tahliliy: quymakorlik korxonalarini loyihalash, texnologik yechimlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish; quymakorlik sexlarini tashkil etish, texnologik jihozlarni montaj qilish, sozlash hamda nazorat ishlarni rejalashtirish;
ilmiy-tadqiqot: namunaviy va zamonaviy metodikalar asosida eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish hamda ularning natijalarini matematik-statistik usullar va raqamli dasturiy vositalar yordamida tahlil qilish; quyma materiallar va buyumlarning tarkibi, tuzilishi hamda ekspluatatsion xususiyatlarini modellashtirish va prognozlash; quymakorlik ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan texnologik jihozlardan samarali foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika qilish, ta’mirlash va boshqarish jarayonlarini tashkil etish.
Shuningdek, quymakorlik ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumdor texnologiyalar, zamonaviy texnologik uskunalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari, robotlashtirilgan komplekslar hamda raqamli boshqaruv (CAD/CAM/CAE, CNC) texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va takomillashtirishda ishtirok etadi.
Bitiruvchi ishlab chiqarish korxonalarida sex ustasi, katta usta, texnolog, ishlab chiqarish mexanigi, texnologik jihozlar mexanigi, avtomatik liniya operatori, CNC va robotlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari operatori hamda boshqa muhandislik lavozimlarida faoliyat yuritishi mumkin.
Bundan tashqari, zamonaviy o‘lchash vositalari va sinov usullarini tanlash, eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish, olingan natijalarni tahlil qilish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va muhandislik faoliyatini olib boradi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jami auditoriya soati: 6180 soat
Malkaviy amaliyot: 570 soat
Davlat attestatsiyasi: 450 soat
Fakultativ mashg‘ulot (sog‘lom turmush tarzi): 240 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
19 |
6, 8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 7 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
8 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
43 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko‘rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi
Formations similaires
INSTITUT TECHNIQUE D'ÉTAT D'ALMALYK
Exploitation minière (exploitation minière à ciel ouvert)
9 500 000 so'm
par an
INSTITUT TECHNIQUE D'ÉTAT D'ALMALYK
Génie mécanique
9 500 000 so'm
par an
Université d'État des Transports de Tachkent
ingénierie aéronautique
—
Institut d'ingénieurs en irrigation et en mécanisation agricole de Tachkent Université nationale de recherche
Génie aérospatial
—
INSTITUT TECHNIQUE D'ÉTAT D'ALMALYK
L'arhitecture
11 000 000 so'm
par an
INSTITUT TECHNIQUE D'ÉTAT D'ALMALYK
Automation and management of technological process and production (technical sciences)
9 500 000 so'm
par an