WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Institut de technologie chimique de Tachkent

Technologies pour la culture et la transformation des plantes médicinales

Célibataire À temps plein 4 ans

À propos de la formation

60811100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi

zarur.  O‘qish muddati 4 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlanguniga qadar 240 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni

tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi.  Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr

davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

60811100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot

institutlari hamda farmasevtik korxonalar, jumladan, “SHANAZ” MCHJ, “RADIKS” MCHJ, “ZUMA-PHARMA” MCHJ, “Dentafill”, O‘R Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

huzuridagi “Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti”, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika

bog‘i bilan o‘zaro mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar davomida dorivor o‘simliklarning hujayra, to‘qima va organlari (vegetativ, generativ) tuzilishi,

fiziologik funksiyalari, tarqalish areali, sistematik o‘rni, chegaralanish tamoyillari, hamda o‘simliklar tarkibidagi ikkilamchi metabolitlar, ularning biosintezi, klassifikatsiyasi,

yetishtirish, yig‘ish, quritish, qayta ishlash (standartlashtirish, sertifikatlash), faol qo‘shimchalar  hom ashyosi bazasini shakllantirishning zamonaviy jihozlardan foydalangan holda ishlab chiqarishga yo‘naltirish bo‘yicha profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani hosil qilishdan iborat.

Formations similaires