WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
16 octobreoctobreoctobre 2024 10 vues

"Ayollar biznesiga bir qadam" mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

16-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun "Ayollar biznesiga bir qadam" mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Seminar davomida mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Menejment kafedrasi dotsenti M.Kuymuratova batafsil tushuntirib berdi va istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashildi.

Jumladan, ayol tadbirkorlarning faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar: subsidiya va kredit ajratish tartibi, ipoteka kreditlari va uy-joy bilan ta’minlashdagi hamda soliq va bojxona tizimida mavjud imtiyozlar yuzasidan qizg‘in muloqot o‘tkazildi.

Seminar yakunida  talaba qizlarning o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berishda kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Autres actualités