WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
13 juilletjuilletjuillet 2026 16 vues

BITIRUVCHI–2026: Diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Bitiruvchi–2026" tantanali diplom topshirish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

   Marosimni Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor Mash’al Saidov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bitiruvchilarni muhim hayotiy bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy qutladi. Rektor o‘z nutqida yosh mutaxassislarga kelgusi faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Autres actualités