WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
12 juinjuinjuin 2026 12 vues

Bundestagda Germaniya tajribasi: amaliy ta’lim va sanoat bilan hamkorlik bo‘yicha muloqot

Berlin shahrida, Germaniya Bundestagida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Germaniya muloqotida kasbiy ta’lim, dual ta’lim tizimi hamda amaliy fanlar universitetlari tajribasi muhokama qilindi.

Berlin shahrida, Germaniya Bundestagida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Germaniya muloqotida kasbiy ta’lim, dual ta’lim tizimi hamda amaliy fanlar universitetlari tajribasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Germaniyaning Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi — BMZ bilan ta’lim va kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. BMZ Germaniyaning xalqaro hamkorlik, iqtisodiy rivojlanish va barqaror taraqqiyot sohalaridagi muhim institutlaridan biri hisoblanadi.
 

“Yangi O‘zbekiston” universiteti uchun talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, sanoat korxonalari bilan aloqalarni kengaytirish va mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi.



Bundestagdagi mazkur uchrashuv Germaniya tajribasini yaqindan o‘rganish, amaliy ta’lim elementlarini takomillashtirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim muloqot bo‘ldi.

Autres actualités