WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
12 juinjuinjuin 2026 6 vues

KITOBGA SAXOVAT — MA'RIFATGA XIZMAT!

Olmaliq davlat texnika instituti Energetika va mashinasozlik fakultetining 1- va 2-bosqich talabalari tomonidan "Saxiy kitobxon" loyihasi doirasida ezgu tashabbus amalga oshirildi.

Talabalar o‘zlari sevib mutolaa qilgan, ma'naviy dunyoqarashi va tafakkurini boyitgan badiiy adabiyotlarni jamlab, kitob fondini kengaytirish maqsadida 1-son Talabalar turar joyiga topshirdilar.

✔️ Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ma'rifat ulashishdek olijanob qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qiladi.

🔻 Kitob — bilim manbai, ma'naviyat chashmasi. Talabalarimizning ushbu saxovatli qadami nafaqat kitob javonlarini, balki qalblarni ham boyitadi.

🟢Ma'rifat ulashing — kelajakni bunyod eting!
🟢 Kitob hadya qiling — tafakkurga qanot bering!
 

Autres actualités