WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualitĂ©s
07 maimaimai 2026 9 vues

🎭 Ma’naviyat, san’at va tarix uyg‘unlashgan unutilmas sahna!

1ïžâƒŁ Bugun Olmaliq davlat texnika institutida o‘tkazilgan 9-may — Xotira va qadrlash kuni tadbiri doirasida institutning “Ibrat” talabalar teatr studiyasi tomonidan xalqimiz ardog‘idagi shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Qora quyosh” spektakli namoyish etildi.

🔄 Sahna asari tadbir mehmonlari va talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirib, urush yillarining og‘ir sinovlari, inson matonati, Vatanga muhabbat va fidoyilik tuyg‘ularini ta’sirchan badiiy talqin orqali yoritib berdi.



🎬 Yosh ijodkorlarning professional mahorati, obrazlarga chuqur kirib borishi hamda sahnadagi jonli ijrosi tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
✹ “Qora quyosh” — bu shunchaki spektakl emas, balki tarixni his qilish, ajdodlar jasoratini anglash va tinchlikning qadriga yetishga chorlovchi ma’naviy saboq bo‘ldi.

Bugungi chiqish yana bir bor isbotladi:
🎭 ODTI yoshlari — nafaqat ilm-fan, balki san’at va ma’naviyat maydonida ham yetakchi!
👏 “Ibrat” teatr studiyasi ijodkorlariga yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Autres actualités