WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
24 octobreoctobreoctobre 2024 4 vues

Namangan muhandislik-texnologiya institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Davlatobod tumani hokimligi mas’ul xodimi Orifjonov Nosirjon, Davlatobod tuman IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi rahbari Oxunov Bahodir hamda institut rektori maslahatchisi Mamatxon Xodjayevlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida ma’naviyatni yuksaltirish, huquqbuzarliklarning oldini olishga doir muhim masalalar muhokama qilindi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mazkur uchrashuv institutda talaba-yoshlar orasida huquqiy ong va madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar qatorida bo‘lib, bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga katta ahamiyat qaratildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Autres actualités