WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
07 novembrenovembrenovembre 2024 5 vues

Namangan viloyati oliygohlarida iqtidorli yoshlar "Zakovat" maydonida kuch sinashdi!

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Ijtimoiy himoya agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o'yini o’tkazilib, iqtidorli yoshlar o’z bilimlarini yana bir bor namoyish etdilar. Ushbu o'yinda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalardan tuzilgan jamoalar bilimlar ringida o'zaro kuch sinashdi.

Quvonchli yangilik: Namangan muhandislik-texnologiya institutining Iqtisodiyot fakulteti talabalaridan iborat "Ekonomist" jamoasi kuchli intellektual kurashda g'oliblikni qo'lga kiritdi! Ushbu yutuq – ularning bilimga bo'lgan ishtiyoqi, jamoaviy birdamlik va mashaqqatli mehnat natijasidir.

Tabriklaymiz! "Ekonomist" jamoasi a’zolarini va barcha ishtirokchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz. Yurtimizning yorqin kelajagi ana shunday bilimdon yoshlarga bog‘liq!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Autres actualités